Yer yuzida har elliginchi inson koronavirus yuqtirgani ma'lum qilindi

Jahon 17:47 / 07.05.2021 5784

Yer aholisining 2 foizi koronavirus yuqtirdi, deya xabar bermoqda TASS agentligi o‘z hisob-kitoblariga tayanib.

Ma'lum qilinishicha, 7 mlrd 795 mln kishilik dunyo aholisidan 156 mln nafari kasallikka chalingan.

Eng ko‘p kasallik yuqtirganlar ulushi aholisi nisbatan oz mamlakatlarga to‘g‘ri keladi. Andorrada aholining 17 foizi, Chernogoriyada 15,7 foizi koronavirus yuqtirgan.

Hozirda ayrim mamlakatlarda pandemiyaning uchinchi to‘lqini qayd etilgan bo‘lsa, ayrim davlatlarda to‘rtinchi to‘lqin haqida aytilmoqda.

Kasallik yuqtirish holatlari yanvar boshlarida keskin avj olgandi. O‘shanda sutkasiga 800 mingdan ortiq holat qayd etilgandi. Ammo keyinroq bu ko‘rsatkich qariyb ikki baravarga kamaydi.

Bahor kelishi bilan esa kasallik yuqtirish holatlari yana o‘sdi. 29 aprel kuni bir sutkada 904,7 mingta holat qayd etildi.

Ko‘proq yangiliklar: