O‘zbekistonda yilning birinchi choragida qancha qurilish materiallari ishlab chiqarilgani ma'lum qilindi

Iqtisodiyot 14:45 / 07.05.2021 10035

Birinchi chorakda 5,2 trln so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarilib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 3 foizga o‘sishni namoyon qildi. Bu haqda «O‘zqurilishmateriallari» uyushmasi matbuot xizmati xabar qildi.

2021 yilning 1-choragida Respublikada Yalpi ichki mahsulot (YaIM) miqdori amaldagi narxlarda 128,6 trln so‘mni tashkil etib, 2020 yilga nisbatan 103 foizga o‘sish qayd etilgan. Joriy yilning 1-choragida 91,5 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 103,8 foiz o‘sishni tashkil etgan.

Shuningdek, YaIMning 90,8 foizini (116,8 trln so‘m) tarmoqlarda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hamda 9,2 foizini (11,8 trln so‘m) sof soliqlar tashkil etgan. Joriy yilning o‘tgan 1-choragida 19,5 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, 2020 yilga nisbatan 5 foizga o‘sgan.

2021 yilning 1-choragida qurilish materiallari sohasida jami 5,4 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, o‘sish 10 foizni tashkil etdi.

Jumladan, o‘tgan hisobot davrida 2 mln 880,4 ming tonna sement (2020 yilga nisbatan 124,6 foiz), 4,3 mln kv.m qurilish oynasi (72,7 foiz), 14,3 mln kv m gipsokarton (100,7 foiz), 7,3 mln kv m keramik plitka (2,1 baravar), 490 ming o‘ram oboy (121,8 foiz) kabi qurilish materiallari ishlab chiqarildi.

Shuningdek, pardozbop keramik plitka, santexkeramika mahsulotlari, keramogranit, bazalt armaturasi, oboy (gulqog‘oz) o‘zlashtirish yo‘lga qo‘yildi.

Davlat statistika qo‘mitasi joriy birinchi chorakda davlat mulkchilik shakllarida 0,9 trln so‘mlik, xususiy mulkchilikda esa 18,6 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilganini xabar qildi.

Avvalroq, qurilish tashkilotlarining onlayn reytingi ishga tushirilgani ma'lum qilingandi. Unga ko‘ra, qurilish tashkilotlarining reytingi bilan reyting.mc.uz sayti orqali tanishish mumkin bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: