O‘zbekistonda sement ishlab chiqarish 5 yil ichida 2 barobarga oshiriladi

Iqtisodiyot 09:28 / 28.07.2017 7362

Keyingi 5 yil ichida O‘zbekistonda sement ishlab  chiqarish ikki barobarga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu haqda “O‘zqurilishmateriallari” AJ xabar berdi.

Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda kelayotgan 5 yil ichida sement ishlab chiqarishni 2 barobarga - yiliga 8,5 million tonnadan 17 million tonnaga oshirish rejalashtirilgan.

“O‘zqurilishmateriallari”ning eslatishicha, Andijon viloyatining Asaka tumanida umumiy qiymati 3 mln. dollarlik, yiliga 50 ming tonna sement ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Everest metal favorit” korxonasi ishga tushirilgan bo‘lsa, Samarqand viloyatining Jomboy tumanida 12,0 mln. dollarlik yiliga 200 ming tonna sement ishlab chiqaruvchi “Jomboy sement” korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

O‘zbekistonda hozir sement ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bir necha loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: