JSST Xitoyning Sinopharm kompaniyasi vaksinasidan shoshilinch holatlarda foydalanishga ruxsat berdi

Jahon 21:39 / 07.05.2021 6790

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Xitoyning Sinopharm kompaniyasi ishlab chiqqan koronavirusga qarshi vaksinadan shoshilinch holatlarda foydalanishga ruxsat berdi. Bu haqda JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus ma'lum qildi.

«JSST bugun Pekinning koronavirusga qarshi Sinopharm vaksinasini shoshilinch holatlarda foydalanish mumkin bo‘lgan preparatlar qatoriga kiritdi», dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu JSST xavfsiz va samarali deb topgan oltinchi vaksinadir.

30 aprel kuni JSST Amerikaning Moderna kompaniyasi ishlab chiqqan vaksinadan shoshilinch holatlarda foydalanishga ruxsat bergandi.

Ko‘proq yangiliklar: