Hindistonning Goa shtatida koronavirusga topshirilgan har ikkinchi test musbat chiqdi

Jahon 19:18 / 07.05.2021 7982

Hindiston janubi-g‘arbidagi Goa shtatida koronavirusga topshirilgan har ikkinchi test musbat chiqdi, deb xabar berdi CNN.

Ta'kidlanishicha, 51,4 foiz ko‘rsatkich faqat test topshirganlarga taalluqli. Qolgan aholi orasida bu ko‘rsatkich bundan ham yuqori bo‘lishi mumkin.

Sog‘liqni saqlash vaziri Goa Vishvayit Reynning fikricha, shtatda to‘liq lokdaun joriy etish lozim.

Turistlar orasida mashhur Goa shtatida 1,5 mln nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi (2011 yilgi ma'lumotga ko‘ra).  

Ekspertlarning qayd etishicha, kasallik tarqalishi avj olishiga mamlakatdagi cheklov choralarining keskin emasligi sabab bo‘lmoqda. 

Goa shtati sog‘liqni saqlash vazirining so‘zlariga ko‘ra, shtatda dekabrdan fevralgacha hech qanday cheklov choralari joriy etilmagan. 

Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga ko‘ra, Hindistonda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 21,4 milliondan oshgan.

Ko‘proq yangiliklar: