Xususiy tashkilotlar 1 iyundan haydovchilik guvohnomasiga imtihon o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi

Iqtisodiyot 11:55 / 06.05.2021 17553

Vazirlar Mahkamasining haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihonlarni o‘tkazish sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan, 2021 yil 1 iyundan avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta'lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati uchun litsenziyaga ega tadbirkorlarga barcha toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish huquqi berildi.

Ushbu tartib trolleybus va tramvayni boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun tatbiq etilmaydi.

Ma'lumot uchun, prezidentning 2020 yil 7 dekabrdagi qarorida nodavlat tashkilotlarga haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlar o‘tkazish huquqi 2021 yil 1 apreldan berilishi nazarda tutilgandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: