Manbaga ko‘ra, 2020 yil yakuni bo‘yicha hisobot topshirgan 1 ming 903ta korxonadan eng yuqori sof foyda olgan 20ta va eng ko‘p zarar ko‘rgan 10tasi ro‘yxati shakllantirilgan.
Davlat ishtirokidagi eng ko‘p zarar ko‘rgan korxonalar
2020 yilda quyidagi 10ta korxona umumiy hisobda 6,1 trln so‘m zarar ko‘rgan:
- «O‘ztransgaz» AJ — 3,6 trln so‘m;
- Uzbekistan Airways AJ — 755,7 mlrd so‘m;
- «Toshissiqquvvati» DUK — 605,7 mlrd so‘m;
- «Toshkent metallurgiya zavodi» MChJ — 380 mlrd so‘m;
- «Yangi Angren IES» AJ — 245,6 mlrd so‘m;
- «O‘zbekko‘mir» AJ — 183,8 mlrd so‘m;
- «Angren IES» AJ — 177,7 mlrd so‘m;
- Grand Road Tashkent MChJ — 89,8 mlrd so‘m;
- «Paxtakor futbol klubi» MChJ — 82,7 mlrd so‘m;
- «Angren issiqlik energiyasi» DUK — 54,6 mlrd so‘m.
Davlat ishtirokidagi eng ko‘p daromad ko‘rgan korxonalar o‘ntaligi
O‘tgan yili 20ta eng ko‘p daromad ko‘rgan korxonalarning umumiy foydasi 9,5 trln so‘mni tashkil etgan. Ulardan yuqori daromadli 10tasi quyidagilar:
- «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ — 3,9 trln so‘m;
- «O‘zbekneftgaz» AJ — 3,4 trln so‘m;
- «Farg‘onaazot» AJ — 292,6 mlrd so‘m;
- «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJ — 218,5 mlrd so‘m;
- «Hududgazta'minot» AJ — 211,2 mlrd so‘m;
- Coca-cola Ichimligi Uzbekistan MChJ — 205,7 mlrd so‘m;
- Ucell MChJ — 199,8 mlrd so‘m;
- «O‘zshahar qurilish invest» MChJ — 168,8 mlrd so‘m;
- «O‘zavtosanoat» AJ — 160,3 mlrd so‘m;
- Tovar-xomashyo birjasi 94,8 mlrd so‘m foyda ko‘rgan.
Qayd etilishicha, bugungi kunda davlat ishtirokidagi korxonalar soni 2 ming 578tani tashkil etmoqda. Ularning 675tasi faoliyatsiz, tugatish jarayonida va bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan.