2020 yilda dunyoda elektromobillar sotilishi bo‘yicha rekord qayd etildi

Fan-texnika 22:12 / 05.05.2021 39797

2020 yilda dunyoda rekord miqdorda – 3 mln dona elektromobil sotildi, o‘sish avvalgi yilga nisbatan 41 foizni tashkil etdi, deb xabar bermoqda Onado‘lu agentligi.

Xaridorlar elektromobil sotib olish uchun 120 mlrd dollar sarflagan bo‘lib, bu 2019 yildagi ko‘rsatkichdan 50 foizga yuqori.

2020 yilda dunyo bo‘yicha avtomobillar savdosida elektromobillar sotuvi ulushi 4,6 foizni tashkil etdi.

Dunyodagi elektromobillarning umumiy soni 10 mln donadan oshdi.

O‘tgan yili Yevropada 1,4 mln, Xitoyda 1,2 mln va AQShda 295 ming dona elektromobil sotilgan. 

Xitoydagi elektromobillar soni 4,5 mln donaga, Yevropada esa 3,2 mln donaga yetgan.

Ko‘proq yangiliklar: