«E-auksion» g‘oliblariga huquqiy maslahat beruvchi yangi platforma ishga tushirildi

Iqtisodiyot 16:23 / 04.05.2021 11126

«E-auksion»da savdo natijalarini monitoring qiluvchi tuzilma ish boshladi.

Qayd etilishicha, «E-auksion» savdo maydonchasi faoliyatini samarali tashkil etish, onlayn savdolar ishtirokchilari manfaatlarini himoyalash maqsadida «Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi»ning yangi tarkibiy tuzilmasi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, turli yo‘nalishlarda o‘tkazilgan savdolar natijasi, g‘oliblarning mulkni qo‘lga kiritishi bilan bog‘liq masalalar bilan shug‘ullanuvchi Onlayn-auksion savdolari natijalarining monitoringi bo‘limi tashkil etildi.

«Endilikda savdo maydonchasida tashkil etilgan savdolarda ishtirok etib g‘olib bo‘lgan qatnashchilarning manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Markaz xodimlari ish olib boradi. G‘oliblarga huquqiy maslahat berish va ularni to‘g‘ri yo‘naltirish bo‘limning asosiy vazifasi hisoblanadi», – deyiladi rasmiy xabarda.

Avvalroq, «E-auksion» qanday tartibda o‘tkazilishi, ro‘yxatdan o‘tish va zakalad miqdori haqida ma'lumot berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: