15 aprel madaniyat va san'at xodimlari kuni etib belgilanmoqda

O‘zbekiston 12:09 / 04.05.2021 2575

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san'at xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi

Parlament xabariga ko‘ra, prezidentning 2020 yil 26 maydagi “Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan loyihada 15 aprel sanasini “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san'at xodimlari kuni” deb belgilash taklif qilinmoqda.
 
Majlisda qayd etilganidek, so‘nggi yillarda mamlakatda milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini saqlash hamda targ‘ib etish, xalq og‘zaki ijodiyoti va havaskorlik san'atini yanada ommalashtirish, respublikaning jahon madaniy makoniga faol integratsiyalashuvini ta'minlashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

“Albatta, bunda madaniyat va san'at sohasi fidoyilarining munosib hissasi bor. Muhokamalardan so‘ng, qonun loyihasi qabul qilindi”, deyiladi ma'lumotda.

Bundan oldin, Zuhra Ibrohimova Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari etib saylangani xabar berilgandi

Ko‘proq yangiliklar: