Davlat soliq qo‘mitasi elektron xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalarning 2021 yil I chorakda davlat budjetiga soliq to‘lovlari haqidagi ma'lumotlarni e'lon qildi.
2021 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, respublikada elektron xizmat ko‘rsatuvchi 26ta xorijiy kompaniya ro‘yxatga olingan bo‘lib, ular joriy yilning I choragida davlat budjetiga 4,3 milliard so‘m soliq to‘lagan.
Shuningdek, o‘tgan yil davomida O‘zbekiston budjetiga bir qancha mashhur kompaniyalar, xususan, Facebook 5,9 milliard, Google 3,4 milliard, Apple 1,9 milliard, Netflix 190 million, Booking.com 181 million, Yandex 136 million so‘m miqdorida soliq to‘lagan.
Avvalroq, 2020 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslarga xizmatlarni elektron shaklda taqdim etadigan xorij kompaniyalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lash tartibi joriy etilgandi.