O‘zbekistonliklar uchun kriptovaluta bozori ochiladi

Iqtisodiyot 18:16 / 30.04.2021 10138

Kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari tomonidan emissiya qilingan tokenlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, chiqarish yoki aylantirishga ruxsat beriladi.

Qaror loyihasi ma'qullansa, O‘zbekiston fuqarolari kripto-birjalarda kripto-aktivlar va tokenlar bilan kripto-birja savdolarining barcha turlarini milliy va chet el valutasida amalga oshirishi mumkin bo‘ladi. Bunda sotib olish obekti sifatida kripto-aktivlarni tanlash va bu tanlovning tegishli oqibatlari sotib oluvchining o‘z tavakkalchiligi asosida bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.

Qaror loyihasi muhokamasi joriy yil 14 mayda yakunlanadi.

Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda barcha kripto-aktivlarning faoliyati litsenziya asosida bo‘ladi va 2020 yilning boshida ochilgan kripto-birjada amalga oshiriladi. Birja ishtirokchilari faqatgina oldin qo‘lga kiritilgan kripto-aktivlarni chel el foydalanuvchilariga sotishi mumkin. Kriptovalutaga ega bo‘lmoqchi bo‘lgan fuqarolar uni faqat mayning qilishi mumkin.

Umuman, kriptovaluta savdosi bilan shug‘ullanish uchun O‘zbekistonda to‘laqonli huquqiy asoslar mavjud emas edi.

 Shu paytgacha kriptovaluta savdosi bilan noqonuniy shug‘ullangan fuqarolarga Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) va 190-moddasi (faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Muhokamaga qo‘yilgan qonun loyihasi kuchga kirgach, kriptovaluta bozori o‘zbekistonliklarga ochilishi kutilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: