O‘zbekiston va Jahon banki 1,7 mlrd dollarlik yangi loyihalarni amalga oshiradi

Iqtisodiyot 09:01 / 30.04.2021 9003

Joriy yilning 29 aprel kuni videokonferensiya shaklida Jahon banki guruhining bahorgi yig‘ilishlari doirasida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov hamda Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse–prezidenti Anna Berde o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Jahon bankining O‘zbekiston bilan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi hamkorlik dasturini ishlab chiqish bo‘yicha kelgusida hamkorlik qilish shakllari belgilab olindi. Dastur uchun asos sifatida O‘zbekiston hukumatining keyingi 5 yil davomida amalga oshiriladigan islohotlar dasturi asosiy ustuvor yo‘nalishlari olinishiga kelishib olindi.

O‘zbekistonda keng ko‘lamli iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish dinamik sur'atlari ta'kidlandi. 2020 yil yakunlariga muvofiq, Jahon banki tomonidan suv ta'minoti, qishloq xo‘jaligi, innovatsion rivojlanish, bozor islohotlarini ilgari surish va pandemiyaga qarshi kurash sohalarida 6ta loyiha moliyalashtirilishi ma'qullandi. 

Shuningdek, tomonlar infratuzilmani rivojlantirish, energetika va uy-joy qurilishi sohalarida umumiy qiymati 1,7 mlrd dollarga teng bo‘lgan yangi istiqbolli loyihalarni muhokama qildi hamda ularni birgalikda ishlab chiqishni tezlashtirish va amalga oshirishni boshlashga kelishib oldi.

Muzokaralar yakunida A.Berde va Jahon banki delegatsiyasi joriy yil may oyida O‘zbekistonga tashrif buyurish niyatida ekani ma'lum qilindi, shu munosabat bilan bo‘lajak tashrif kun tartibini amaliy mazmun bilan to‘ldirish maqsadida ikki tomonlama hamkorlik barcha sohalarida munosabatlarni faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ko‘proq yangiliklar: