Davlat soliq qo‘mitasi 2021 yil birinchi choragidagi soliqlar bo‘yicha ma'lumot berdi. I chorakda davlat budjetiga 29,3 trln. so‘m soliq tushumlari yig‘ilgan bo‘lib bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23 foizga ko‘proqdir.
Shuningdek, qo‘shimcha daromadlar summasi 1,7 trln. so‘mga yoki o‘tgan yilning mos davriga (599 mlrd. so‘m) nisbatan 2,8 baravarga o‘sgan.
«Soliqchi –ko‘makchi» tamoyili orqali tadbirkorlik sub'yektlariga majburiyatlarini bajarish uchun yaratilgan qulayliklar va ko‘rsatilgan amaliy yordam natijasida hisoblangan soliqlarning 95 foizi ixtiyoriy ravishda to‘landi. Tushumlarning 90 foizi har oyning 2 -sanasigacha va qolgan 10 foizi oxirgi 5 kunda ta'minlandi. Taqqoslash uchun 2020 yilda tushumlarning 73 foizi hisobot oyining 25-sanasigacha va qolgan 27 foizi oxirgi 5 kunlikda tushgan», - deyiladi rasmiy xabarda.
Avvalroq, Respublikada mart oyidagi soliq tushumlari fevralga nisbatan 6 foizga, bojxona tushumlari esa 7,6 foiz ortgani ma'lum qilingan edi.
Ma'lumot uchun, Davlat soliq qo‘mitasi ma'murlashtiradigan soliqlar bo‘yicha tushumlar 2020 yilda 103,6 trillion so‘mni tashkil etgan.
Davlat bojxona qo‘mitasi ma'murlashtiradigan soliqlar bo‘yicha tushumlar hajmi esa o‘tgan yili 24,7 trillion so‘m bo‘lgan.
Shuningdek, 2020 yilda eng ko‘p soliq to‘lovchi korxonalar o‘nligi ma'lum qilingandi. 2020 yildagi jami soliq tushumlari – 103,6 trillion so‘mdan 67,7 trillion so‘mi yirik soliq to‘lovchilar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Yirik soliq to‘lovchilar soni 2020 yilda 836ta bo‘lgan bo‘lsa, 2021 yilda 1120taga yetgan.