O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yangi temir yo‘l qurilishi mumkin
Tojikistonning Panjikent tumani va Samarqand viloyatining Bulung‘ur/Jomboy uchastkalari o‘rtasida yangi temir yo‘l liniyasi qurilishi mumkin. Shuningdek, Bekobod - Istiqlol temir yo‘lini elektrifikatsiya qilish masalalari ham ko‘rib chiqilgan.

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov
Dushanbe shahrida Tojikiston va O‘zbekiston Transport vazirliklari vakillarining muzokaralari o‘tkazildi.
Muzokaralar davomida Panjikent (Tojikiston) va Bulung‘ur/Jomboy (O‘zbekiston) uchastkasida yangi temir yo‘l liniyasini qurish masalasi ham muhokama qilingan.
Shuningdek, Bekobod — Istiqlol temir yo‘lini elektrifikatsiya qilish masalalari va bu uchastkada tranzit yuk tashish hajmini ko‘paytirish imkoniyati ham ko‘rib chiqilgan.
Bundan tashqari, yig‘ilishda tomonlar xalqaro avtomobil transporti sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalar, O‘zbekiston — Tojikiston — Xitoy transport yo‘lagini rivojlantirish va Hashtyak — Bekobod nazorat o‘tkazish punktini qayta tiklash mavzulariga ham to‘xtalib o‘tgan.
Avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan 10-12 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Dushanbeda bo‘lishi xabar qilingandi.
Shu maqsadda Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 24 aprel kuni Xo‘jandda Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish hamda o‘zbek-tojik hamkorligi masalalarini muhokama qilgan.
Mavzuga oid

21:36 / 30.12.2024
Xitoy eng tez tijorat poyezdini taqdim etdi

17:01 / 09.12.2024
Qirg‘iz hukumati «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishi uchun yer ajratdi

17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi

17:13 / 29.11.2024