Senat o‘simlik yog‘ini QQSdan vaqtincha ozod qilish haqidagi qonunni ma'qulladi

Iqtisodiyot 10:58 / 24.04.2021 25919

Majlisda ta'kidlanganidek, kungaboqar urug‘i va yog‘i bo‘yicha tashqi bozorlarda shakllanayotgan salbiy baho ko‘rsatkichlar mamlakat ichki bozoridagi narx-navoga va ijtimoiy holatga ham o‘z ta'sirini ko‘rsatmoqda.

Buni mamlakat iste'mol bozorida o‘simlik yog‘iga bo‘lgan yillik o‘rtacha 460 ming tonna ehtiyojning taxminan yarmi import hisobidan qoplanishidan ham ko‘rsa bo‘ladi.

O‘zgarishlar ta'siri natijasida o‘tgan bir yil davomida mamlakatda kungaboqar yog‘i narxi o‘rtacha 38 foizga qimmatlashgan.

Yuzaga kelgan ushbu holatda mamlakat ichki bozorlarida o‘simlik yog‘i narxi keskin oshishining oldini olish maqsadida mazkur qonun bilan Soliq kodeksiga o‘zgartish kiritilib, unga ko‘ra 2021 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar:

mamlakat hududiga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek, soya danagini olib kirish;

o‘simlik yog‘ini ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha mablag‘lar aylanmasi qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinmoqda.

2021 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar bo‘lgan davrda kungaboqar va paxta urug‘lari, kungaboqar yog‘i va paxta yog‘i mahsulotlariga nisbatan mazkur qonun bilan eksport boji joriy etilmoqda.

Qonun ma'qullanishi orqali moyli ekinlar ekilishi ustidan ham qat'iy monitoring o‘rnatilishi kutilmoqda.

Senatorlar tomonidan ushbu qonun ma'qullandi.

Ko‘proq yangiliklar: