«Imtiyozli kreditlar bank tizimida korrupsiyaga moyillikni oshiradi» - Markaziy bank raisi

Iqtisodiyot 20:20 / 22.04.2021 14320

O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani 14 foiz darajada o‘zgarishsiz qoldirdi. Boshqaruv yig‘ilishidan so‘ng rais Mamarizo Nurmurodov ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda Mamarizo Nurmurodov Kun.uz muxbirining bank tizimidagi korrupsion holatlar yuzasidan bergan savollariga javob berib o‘tdi.

«Bozor tamoyillaridan qancha ko‘p cheklansak, korrupsiyaga moyillik ortib boraveradi. Masalan, imtiyozli kreditlar yoki bank xizmatlaridagi yon bosish holatlarini ko‘rsatishimiz mumkin. Bu sohada korrupsiyaning birdan bir yo‘li – inson omili natijasida amalga oshirilayotgan xizmatlarni kamaytirishimiz kerak.

Biz agar qaysidir tashkilotga yoki shaxsga kredit olishning iloji yo‘q deb aytsak, u shuning boshqa yo‘lini izlay boshlaydi. Agar kimdir bankdan kredit olmoqchi bo‘lsa, biz qanaqa tegishli hujjatlar kerak bo‘lishini oldindan e'lon qilamiz. Scoring modeli tegishli tarzda hujjatlarni va shaxsning moliyaviy holatini o‘rganib, mablag‘ ajratish kerakligi yoki yo‘qligini avtomatik tarzda hal qiladi. Bunda oddiygina kommunal to‘lovlardan qarzingiz bo‘lsa ham, model pul ajratmaydi. Natijada kimningdir oldiga borib iltimos qilish yoki qonunda ko‘rsatilmagan yo‘llar bilan bunga intilish bo‘lmaydi», – dedi Markaziy bank raisi.

  • Aksilkorrupsiya agentligi ma'lumotiga ko‘ra, 2020 yilda 104 nafar bank tizimi xodimi korrupsion jinoyatlar doirasida sudlangan.
Ko‘proq yangiliklar: