Qashqadaryoda 4 kishining qotili umrbod ozodlikdan mahrum qilindi

Jamiyat 13:48 / 21.04.2021 26056

Qashqadaryo viloyatida uxlab yotgan homilador xotini, xotinining voyaga etmagan ikki jiyani va qaynonasini pichoq bilan o‘ldirgan shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea 2020 yil 10 dekabrga o‘tar kechasi yuz bergan. 30 yoshli er oilaviy janjaldan keyin onasinikiga ketib qolgan 25 yoshli turmush o‘rtog‘ini qidirib, yarim tunda qaynotasining uyiga borgan.

U yerga o‘zi bilan ikkita oshxona pichog‘ini olib borgan erkak, avval uxlab yotgan homilador xotiniga, so‘ngra 8 va 6 yoshli bolalarga (xotinining jiyanlariga) pichoq bilan o‘ldiruvchi zarba bergan, keyin qaynonasini o‘ldirgan.

Ushbu ish bo‘yicha sud majlisi Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudi binosida bo‘lib o‘tdi. Qotil Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan aybdor deb topilib, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: