Hakerlar Apple’ning yangi qurilmalari maxfiy chizmalarini o‘g‘irlashdi

Fan-texnika 23:35 / 21.04.2021 32170

Bloomberg axborot agentligining xabar berishicha, hakerlar nafaqat chizmalarni o‘g‘irlashgan, balki AQSh kompaniyasiga butlovchi qismlar yetkazib beruvchi Quanta Computer kompaniyasining kompyuter tarmog‘idagi ma'lumotlarni shifrlab qo‘yishgan. Ular ma'lumotlarni deshifrlash uchun 50 mln dollar talab qilishgan. 

 Hakerlar so‘ralgan pul 1 maygacha to‘lanishini talab qilishmoqda. Ular ayni vaqtda Apple’ning yangi gadjetlari haqidagi maxfiy fayllarni e'lon qilishni davom ettirishmoqda.

 Tijorat siri hisoblangan chizmalar Quanta Computer kompyuter tarmog‘i buzib kirilgandan keyin o‘g‘irlangan.

 20 aprelda Apple yangi mahsulotlari taqdimotini o‘tkazdi. Kompaniya binafsha rangdagi iPhone 12’ni, iPad Pro planshetlarining yangi avlodini, iMac kompyuterlarini hamda yo‘qotilgan buyumlarni topishda yordam beruvchi AirTags qurilmasini namoyish qildi. 

Ko‘proq yangiliklar: