«Mazkur jamoat transportida bir kunlik yo‘lovchilar tashuvini 100 ming nafargacha chiqarishni rejalashtirganmiz. Shu reja asosida dastur tayyorlangan va yana 53ta vagon sostavini keltirmoqchimiz», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Metropoliten rahbarining ma'lum qilishicha, Toshkent metropolitenida yo‘lovchilar uchun harakat xavfsizligi 100 foiz darajada ta'minlangan.
«Hozirda havo harorati ko‘tarilishi munosabati bilan kunlik nazorat olib borilyapti. Xalqqa xizmat qilish maqsadida 24 soat davomida metropoliten xodimlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan», degan u.