Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabalari orasida koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatlari aniqlangan. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabalari orasida koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatlari aniqlangan. Shu sababli mazkur institutda 2021 yilning 20 aprel sanasidan boshlab 14 kunga o‘quv jarayoni masofaviy shaklga o‘tkazilgan.