«Bolalar juda yomon sharoitda yashamoqda» - Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yusunova Kitobdagi mehribonlik uyi haqida

Jamiyat 17:14 / 19.04.2021 7920

Parlament vakilining fikricha, Qashqadaryoning Kitob tumanidagi 5-mehribonlik uyini tugatish kerak, u yerda «bolalar juda yomon sharoitda yashashmoqda».

O‘rganish kuni muassasada 65 nafar tarbiyalanuvchi bo‘lgan, ularning 15 nafari – chin yetimlar.

«Tibbiyot xonasi, stomatolog xonasi, bemorlarni alohidalash xonalarining tagi beton qoplamali bo‘lib, zahkash.

Bolalarning bo‘sh vaqtini o‘tkazish uchun yetarli sharoitlar mavjud emas. Mebellar eski.

Sog‘lom ovqatlantirish holatlarini o‘rganish davomida Bola huquqlari bo‘yicha vakil e'tiborini tarbiyalanuvchilarning birinchi ovqatni umuman yemasdan chiqqanliklari va deyarli ikkinchi ovqatni ham yemaganliklari diqqatini tortdi. Birinchi ovqatga karam sho‘rvasi qilingan bo‘lib, u o‘ta yog‘li va o‘ziga xos hidi bor edi.

Bolalarga tushlikda sharbatlar berilmagan. Holat yuzasidan mahsulotlar sifatini ko‘rish uchun oziq-ovqat omboriga tashrif buyurilganda mahsulotlar sifati buzilgani, karam, rediska, kartoshka va noklarning chirib qolgani, go‘sht rangining o‘zgargani, ko‘plab yog‘lari borligi, go‘sht mahsulotlarini tortib ko‘rish so‘ralganda tarozi yo‘qligi, oshxonaning sanitariya holati yaxshi emasligi, idishlar yetishmasligi, bolalarga alyumin krujkalarda choy berilayotgani, krujkalarning ushlashga quloqlari yo‘qligi, bu esa bolalar sog‘ligi uchun xavfliligi va bir qator kamchiliklar aniqlandi», – deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, holatni chuqur o‘rganish uchun tuman prokuraturasidan vakil chaqirilgan. Kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan mutasaddilarga majburiy ko‘rsatmalar berilgan.

Ko‘proq yangiliklar: