Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Gulnora Karimovadan musodara qilingan «Sijjak» oromgohi
O‘zbekiston birinchi prezidentining qizi Gulnora Karimova qator jinoyatlari bilan davlatga yetkazgan zararga tovon o‘laroq musodara qilingan «Sijjak» maskani sotilmoqda. Rasmiylar jurnalistlarni tog‘lar bag‘ridagi bu koshona bilan tanishishga taklif qildi.

Oromgoh Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida, dengiz sathidan 959 metr balandlikda, Pskem daryosi vodiysining o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan.
Yer uchastkasining umumiy maydoni – 5,4 gektar. Bino va inshootlar jami maydoni 5016,1 kv.m.
Kompleks hududida mehmonxona, kottejlar, ochiq va yopiq basseynlar, tennis korti, sport zallari va boshqa inshootlar bor.
«Sijjak» oromgohi Gulnora Karimovadan 2017 yil fevralida, sud ajrimi bilan musodara qilingan edi. Keyinchalik bu maskan Triatlon federatsiyasiga vaqtincha tekin foydalanishga berilgandi.
Prezidentning 2021 yil 11 fevraldagi «Davlat aktivlarini xususiylashtirishni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga asosan, «Beldirsoy» oromgohi va boshqa bir nechta obektlar qatorida tayyor biznes shaklida investorlarga sotilmoqda.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ommaviy savdolarda ishtirok etish uchun arizalarni 2021 yil 30 aprelgacha qabul qiladi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
NYT: Putin Rossiya armiyasi yaqin oylarda Ukraina mudofaasini yorib o‘tishiga ishonmoqda
Jahon | 22:34
-
Linda Yakkarino X ijtimoiy tarmog‘i bosh direktorligidan ketdi
Jahon | 22:16
-
Nega ba’zi demokratiyalar agressiv?
Jahon | 21:27
-
Shavkat Mirziyoyev Toshkent va Yangi Toshkent shahri uchun «Yechimlar atlasi» taqdimoti bilan tanishdi
O‘zbekiston | 21:25
Mavzuga oid

22:42 / 13.06.2025
O‘zbekiston o‘zi bilan bir xil reytingga ega davlatlardan qonun ustuvorligi borasida ortda qolmoqda - Moody’s

15:52 / 10.06.2025
Britaniya moliya tashkiloti O‘zbekistondagi xususiylashtirish loyihalarida ishtirok etadi

23:10 / 09.06.2025
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi

15:33 / 03.06.2025