Turkiyada epidemiologik vaziyat yomonlashgani sababli yangi cheklovlar joriy qilindi

Jahon 07:58 / 17.04.2021 15968

Hukumat qaroriga ko‘ra, 14-28 aprel kunlari:

  • Haftaning shanba va yakshanba kunlari komendantlik soati saqlanib qoladi;
  • Dushanba-juma kunlari xizmat ko‘rsatish sohalarining ish vaqti 19:00 gacha belgilandi;
  • Turkiya bo‘ylab shaharlararo turizm vaqtincha to‘xtatildi;
  • 18 yoshga to‘lmagan va 65 yoshdan oshgan fuqarolar uchun jamoat transportidan foydalanish taqiqlandi;
  • Davlat muassasalarining ish vaqti 16:00 gacha etib belgilandi;
  • Homilador va yosh bolali ayollar mehnat ta'tiliga chiqariladi;
  • Maktablarda 8-sinfdan 12-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar o‘qishiga ruxsat berildi;
  • Umumiy ovqatlanish, ko‘ngilochar joylar, sport majmualari karantin cheklovi oxirigacha o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Barcha oilaviy tadbirlar va ommaviy iftorliklar qat'iy taqiqlandi hamda mehmonlarga faqat mehmonxonalar xizmat ko‘rsatishi mumkinligi belgilandi;

Mazkur cheklovlar mamlakatdagi pandemiya holatiga qarab yumshatilishi yoki kuchaytirilishi mumkinligi ma'lum qilindi.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ayni damda Turkiyada bo‘lib turgan yoki ushbu mamlakatga safar qilishni rejalashtirayotgan yurtdoshlarimizni qarantin qoidalariga qat'iy rioya etishga chaqirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: