Birinchi chorakda aholi daromadlari 9,8 foizga oshdi

Jamiyat 17:04 / 17.04.2021 2474

Statistika qo‘mitasi e'lon qilgan ma'lumotlarga ko‘ra, 2021 yil birinchi choragida aholi soni 34,695 nafarga ko‘paygan.

Aholi real umumiy daromadi 9,8 foizga oshgan. Yalpi ichki mahsulot o‘sishi birinchi chorakda 3 foizni tashkil etdi.

Transport sohasida yuk aylanmasi 2,8 foizga oshgan. Shuningdek, sanoat ishlab chiqarish, xizmatlar hajmi, qishloq va o‘rmon xo‘jaligida o‘sish 3 foizdan yuqorini tashkil etgan.

Biroq transport (yo‘lovchi aylanmasi bo‘yicha), qurilish va chakana savdoda tiklanish qiyin kechmoqda. Bu ushbu sohalardagi o‘sish o‘tgan yilning mos davridagi o‘sishga yeta olmaganida namoyon bo‘ldi. Masalan, qurilish ishlari hajmi 2020 yil birinchi chorakda 106,5 foiz o‘sishni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yil shu davrida sohada o‘sish 100,5 foizni ko‘rsatdi.

Avvalroq, mart oyida O‘zbekistonda narxlar 0,8 foizga qimmatlagani ma'lum qilingan edi.

Ko‘proq yangiliklar: