Ustaboshi Mahamadjon Umarovning aytishicha, agar ishlar shu sur'atda davom etsa, masjid qurilishi 1,5 yilda yakuniga yetadi. Masjid xonaqohida 8 ming kishi namoz o‘qishi mumkin. Hovlisi va yon-atrofidagi joylar bilan birga masjid 13 ming namozxonga xizmat ko‘rsata oladi.
Undan tashqari, masjid hududida 4 qavatli avtomobillar turargohi qurilishi ham rejalashtirilgan.
«Kim Alloh taoloning masjidini qursa, u Allohning uyini qurgan bo‘ladi. Qur'oni karim oyatlarida va payg‘ambarimiz alayhissalomning muborak hadislarida Ramazoni sharifda qilingan ishlar boshqa 11 oyga nisbatan savoblari, ajri hasanotlari ziyoda qilib berilishligi haqidagi xabarlar bor», – deydi masjid imom-xatibi Abdullo Yo‘ldoshev.
Allohning kalomida keltirilgan va payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam tasdiqlagan ulug‘ ajrga sazovor bo‘lish, masjid qurish savobiga sherik bo‘lish niyatidagi yurtdoshlarimizni Allohning uyini barpo qilishdek ezgu ishga hissa qo‘shishga chorlab qolamiz.
Xayrli ishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lganlar uchun:
Masjid imom-xatibi Abdullo Yo‘ldoshev nomiga (Abdullo Yuldashev) ochilgan karta:
Click / Payme: 8600 0604 2270 7688
Union Pay, Xalq Bank: 6262 9100 9491 4488
Paynet (Uzmobile):
+998990556611
+998990556622
+998990556633
Masjid imom-xatibi Abdullo Yo‘ldoshev
Xorijdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun pasport ma'lumotlari:
Yuldashev Abdullo Turapovich – AA4313913