Energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish uchun kompensatsiya ajratiladi

O‘zbekiston 09:20 / 16.04.2021 1771

Nizomga ko‘ra, energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlarga olingan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlari bir qismini qoplash uchun davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kompensatsiya ajratiladi.

Kompensatsiya quyidagi xarajatlar bir qismini qoplash uchun ajratiladi:

  • jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektrik stansiyalari, quyosh suv isitkichlari, shuningdek, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni sotib olish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq:
  • quyosh fotoelektrik stansiyalari uchun – 3 million so‘mdan;
  • quyosh suv isitkichlari uchun – 1,5 million so‘mdan;
  • energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar uchun – 200 ming so‘mdan oshmaydigan miqdorda;

qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar va qozonlar, shuningdek, energiya samarador boshqa uskunalarni xarid qilish uchun olingan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplashga:

  • jismoniy shaxslarga – 500 million so‘mdan oshmaydigan kreditlar bo‘yicha – Markaziy bank qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 8 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
  • yuridik shaxslarga – 5 milliard so‘mdan oshmaydigan kreditlar bo‘yicha – Markaziy bank qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 5 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.

Ma'lumot uchun, nizom talablari 2020 yil 1 yanvardan o‘z mablag‘i va kreditlar hisobidan energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilgan va o‘rnatgan shaxslarga tatbiq etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: