Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi tashkil etilmoqda

O‘zbekiston 08:26 / 16.04.2021 2151

Vazirlar Mahkamasining «Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi va Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi davlat muassasasi tashkil etilmoqda.

Muzey Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Nukus shahar, Ch.Abdirov ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan binosida joylashtiriladi. 

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda muzey ekspozitsiyasini muzey ashyolari bilan to‘ldirish choralarini ko‘radi.

Oldin «O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan Berdaq haqida hujjatli film suratga olinayotgani haqida xabar bergan edik.

Ko‘proq yangiliklar: