Qashqadaryoda 89 ta ko‘prik ta'mirga muhtoj

O‘zbekiston 18:34 / 15.04.2021 722

Qashqadaryo viloyati avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi tashabbusi bilan «Ichki yo‘llarni ta'mirlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli ishlar» mavzusida jurnalist va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hududida 22 ming 15 kilometr avtomobil yo‘llari tarmog‘i mavjud bo‘lib, shundan 3 ming 487 kilometr umumfoydalanuv (437 kilometr xalqaro, 926 kilometr davlat, 2124 kilometr mahalliy ahamiyatdagi) va 18 ming 548 kilometr ichki xo‘jalik avtomobil yo‘llari (21 kilometr sementobeton, 5153 kilometr asfaltobeton, 503 kilometr qora qoplamali, 6550 kilometr shag‘al va 6321 kilometr tuproq qoplamali yo‘llar)ni tashkil qiladi. Tarmoqdagi avtomobil yo‘llarida 1 ming 432 dona ko‘prik joylashgan bo‘lib, ayni damda oxirgi ko‘rik natijalariga ko‘ra, 89 dona ko‘prik ta'mirga muhtoj.  

2021 yilda tegishli qaror va dasturlar acosida viloyat hududidagi 1 ming 905 kilometr (1605 kilometr ichki yo‘llar va 300 kilometr umumfoydalanuv yo‘llari) uzunlikdagi avtomobil yo‘lida qayta qurish va ta'mirlash ishlari amalga oshirilishi belgilab olingan va bu maqsadlar uchun 449,5 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

«Obod qishloq» dasturini 2021 yilda amalga oshirish yuzasidan viloyat bo‘yicha 13 ta tumanda 26 ta qishloq aholi punktida 468,7 kilometr (shundan 178,2 kilometr asfalt yotqizish va 290,5 kilometr tuproq yo‘llarga shag‘al yotqizish) uzunlikdagi ichki yo‘llar ta'mirlanadi, bu ishlar uchun 120,2 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.  

«Obod mahalla» dasturi bo‘yicha Qarshi va Shahrisabz shaharlarida 4 ta mahallada 46,7 kilometr uzunlikdagi ichki ko‘chalarda ta'mirlash ishlari olib boriladi (24,7 kilometr asfalt yotqizish va 22 kilometr shag‘al yotqizish), bu ishlar uchun 21,3 milliard so‘m mablag‘ ajratilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: