Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan AT «Xalq bank» Kasbi filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «S.Q.» MChJ rahbari D.V. chorva mollariga ozuqa yem mahsulotlari sotib olish maqsadida bank filialidan ajratilgan kredit evaziga 817,6 tonna ozuqa mahsulotlarini import qilib, ushbu mahsulotlarni belgilangan maqsadlarda foydalanmasdan naqd pulga sotib yuborgan.
Natijada 753,6 mln so‘m kredit mablag‘larini talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Bundan tashqari, tekshiruvda D.V. fuqaro S.ning ishonchiga kirib, uning yirik shohli qora mollarini sotuvidan tushgan 138 mln so‘m pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi ma'lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda departament axborot xizmati.
Mazkur holat yuzasidan D.V.ga nisbatan JKning 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.