Buxoroda «E-IJRO AUKSION» orqali sotib olingan yerni rasmiylashtirish uchun firibgarlik qilgan mutasaddi ushlandi

Jamiyat 15:50 / 15.04.2021 1620

Buxoro viloyati Vobkent tumanida «E-IJRO AUKSION» orqali sotib olingan yer hujjatlarini rasmiylashtirish uchun firibgarlik qilgan mutasaddi ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Departamentning Vobkent tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «Yermulkkadastr» davlat korxonasi Vobkent tuman filiali «Bir oyna» bo‘limi boshlig‘i J.G. ushlangan.

Qayd etilishicha, u fuqaro R.dan «E-IJRO AUKSION» elektron onlayn-auksion orqali sotib olgan 2,6 sotix yerga hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 300 AQSh dollari so‘ragan. J.G. so‘ragan pulidan 100 dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan J.G.ga nisbatan jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: