Hujjat bilan 2021 yilning mart-sentyabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish ishlari uchun suv olish limitlari tasdiqlandi.
Ular:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 4 mlrd kub;
- Andijon viloyati — 1,757 mlrd kub;
- Buxoro viloyati — 2,326 mlrd kub;
- Jizzax viloyati — 1,817 mlrd kub;
- Qashqadaryo viloyati — 3 mlrd kub;
- Navoiy viloyati — 899 mln kub;
- Namangan viloyati — 1,672 mlrd kub;
- Samarqand viloyati — 2,279 mlrd kub;
- Surxondaryo viloyati — 2,410 mlrd kub;
- Sirdaryo viloyati — 1,648 mlrd kub;
- Toshkent viloyati — 2,399 mlrd kub;
- Farg‘ona viloyati — 2,115 mlrd kub;
- Xorazm viloyati — 2,725 mlrd kub.
2021 yil 20 aprelgacha yozgi sug‘orish mavsumida suvdan foydalanish va suv iste'molchilari bo‘yicha tegishli shartnomalar to‘liq rasmiylashtiriladi.
Joriy yilda jami 100ta irrigatsiya va melioratsiya obektlari davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilinadi hamda boshqaruvga beriladi.
Suv tanqisligining oldini olish maqsadida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.