Joriy yil 30 mart kuni Uchtepa tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga 19 yoshli Xurshidabonu S. murojaat qilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, u noma'lum shaxs uyiga kirib, 4 000 AQSh dollari qiymatidagi tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketgani haqida xabar bergan.
Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Ko‘rilgan choralar natijasida gumonlanuvchilar – 28 yoshli Gulshan D., 20 yoshli To‘xtagul D., 19 yoshli Zarina X. va 12 yoshli N.D. qo‘lga olingani aytiladi.
Bildirilishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari davom etmoqda.