Qarshi shahrida yashovchi aka-ukalar korxonalardan biriga tegishli transformatorni o‘g‘irlab ketishgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, Qarshi shahar «Beklar» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi aka-ukalar M.Ye. va Z.Ye. 7 mart kuni o‘zaro jinoiy til biriktirib, shu mahallada yashovchi B.U. rahbarlik qiladigan korxona balansida bo‘lgan transformatorni o‘g‘irlab ketgan.
Qayd etilishicha, quvvati 250 kVtli transformatorning hozirgi kundagi bahosi 35 million so‘mni tashkil qilgan. Mazkur o‘g‘rilik jinoyati Qarshi shahar PPX va JTSB PPXB 1-otryad bo‘linma komandiri va Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan aniqlanib, o‘g‘rilar ushlangan.
Ta'kidlanishicha, Qarshi shahar IIO FMB 3-sonli IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan M.Ye. va Z.Ye.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.