Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Navbahor» – «Paxtakor» o‘yinidan keyin ichida hakamlar bo‘lgani aytilgan MTRK mashinasi hujumga uchradi

Superliga 5-turining markaziy o‘yini Namanganda o‘tkazildi. Mahalliy «Navbahor» klubi amaldagi chempion va turnir jadvali yetakchisi «Paxtakor»ni qabul qildi. O‘yinda Toshkent klubi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. «Paxtakor» safida Dragan Cheran ikkita gol urgan bo‘lsa, Islom Isoqjonov yagona javob golini kiritdi.
Uchrashuvning oxirgi daqiqalari asabiy ruhda o‘tdi. «Paxtakor» g‘alaba golini 90-daqiqada penaltidan urdi. Bosh hakam Firdavs Norsafarov jarima maydonchasi ichida Sardor Rashidovga qarshi qo‘pollik ishlatildi deb topdi va penalti belgiladi. Bosh hakam avvaliga penalti belgilamadi, lekin VAR'ga murojaat qilgach, penalti bor degan qarorga keldi. Dragan Cheran penaltini sovuqqonlik bilan golga aylantirdi.
O‘yinning ikkinchi bo‘limi aynan penalti sabab 90+9-daqiqagacha cho‘zilib ketdi. O‘yin tugashi bilan esa Namanganda to‘polon boshlandi. Dragan Cheran penaltini golga aylantirgan vaqtdayoq namanganlik muxlislar stadionga tosh va boshqa buyumlarni uloqtirishni boshlagandi. O‘yin tugashi bilan hammasi yanada jiddiy ko‘rinish oldi. «Navbahor» muxlislari hakamlar guruhi ichida bo‘lgani aytilgan MTRK mashinasiga hujum qilishdi. Mashinaga zarar ham yetkazilgan. Hakamlarni himoya qilgan IIB xodimlari ham muxlislar hujumiga uchragan.
Ijtimoiy tarmoqlar namanganlik muxlislarning hakamlikdan norozilik bildirgan murojaatlariga to‘lib ketdi. Ulardan biri futbolning «kattalarini», xususan Ravshan Ermatovni hakamlikni nazorat qilishga chaqirgan. O‘yin tugashida maydondan chiqayotgan «Paxtakor» futbolchilariga ham tosh va boshqa buyumlar uloqtirilgan.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston chempionati 5-turidan keyin «Paxtakor» 15 ochko (100 foiz natija) bilan yetakchilik qilmoqda. «Navbahor» esa 4 ochko bilan 9-o‘ringa joylashgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
Mavzuga oid

23:58 / 06.07.2025
Superliga. «Paxtakor» «Navbahor»ni mag‘lub etdi, «Dinamo»-«Nasaf» o‘yini durang bilan yakunlandi

14:08 / 14.04.2025
«Paxtakor» yana yutqazdi, peshqadam yana o‘zgardi

13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam

03:09 / 12.03.2025