Rossiya banki O‘zbekiston kompaniyalari bilan 1 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda 

Iqtisodiyot 16:33 / 07.04.2021 7253

Rossiyaning «Promsvyazbank» (PSB) banki O‘zbekistonda qator loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadi. Bu haqda bankning xalqaro mijozlar bilan biznesni rivojlantirish departamenti direktori Vladimir Metelskiy ma'lum qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, PSB hozirgacha o‘zbekistonlik hamkorlar bilan 500 mln dollarlikdan ortiq loyihalarni amalga oshirdi.  

«2021 yil yakunlari bo‘yicha bu raqamni 1 mlrd dollargacha yetkazishni ko‘zlaganmiz. Bunga O‘zbekiston moliya institutlari bilan biznesni intensifikatsiya qilish hamda tog‘-kon, neft-gaz va kimyo sanoati, qora va rangli metallurgiya, telekommunikatsiya, transport tashuvlari va mashinasozlik kabi sohalardagi yirik o‘zbek korxonalarini kreditlash hisobiga erishamiz», – dedi u.  

Metelskiyning ta'kidlashicha, PSB ayniqsa Rossiya korxonalari ishtirok etadigan hamda Rossiya qurilma va texnologiyalari yetkazib beriladigan loyihalarni moliyalashtirishga qiziqish bildirmoqda. 

Ma'lumot berilishicha, 2019 yildan 2020 yilgacha PSB ishtirokida sindikatlar orqali O‘zbekiston bank tizimiga 254 mln yevro va 76 mln dollar jalb etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: