Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik kasallanish holatlari pasaya boshladi, yana bir bemor vafot etdi

O‘zbekiston 10:07 / 06.04.2021 20286

«2021 yil 5 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 83935 (+133) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

O‘zbekistonda so‘nggi kunlarda ilk marta kunlik kasallanish ko‘rsatkichi 150dan kam bo‘ldi, shuningdek, Toshkent shahrida so‘nggi haftalarda ilk bor kunlik ko‘rsatkich 100dan pasaydi, bir kunda sog‘ayganlar soni 100dan ko‘p bo‘ldi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 3 nafari Andijon viloyatida,
  • 1 nafari Buxoro viloyatida,
  • 4 nafari Navoiy viloyatida,
  • 2 nafari Namangan viloyatida,
  • 16 nafari Samarqand viloyatida,
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 2 nafari Farg‘ona viloyatida, 
  • 3 nafari Xorazm viloyatida,
  • 3 nafari Toshkent viloyatida,
  • 93 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 5 nafar,
  • Jizzax viloyatida 4 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 1 nafar,
  • Toshkent viloyatida 4 nafar,
  • Toshkent shahrida 104 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 81881 (+118) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 632 nafarga etdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1422 nafar bemor davolanmoqda, shundan 209 nafari og‘ir, 94 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Ko‘proq yangiliklar: