Ikkita institutda madaniy meros obektlarini asrash fakultetlari tashkil qilinadi

Jamiyat 21:31 / 06.04.2021 3127

Qarorga asosan, Madaniyat vazirligining moddiy madaniy meros sohasidagi YuNeSKO bilan ishlash hamda muzeylar va kutubxonalarni rivojlantirish bilan bog‘liq vazifa va funksiyalari tegishliligicha Turizm va sport vazirligi hamda Madaniy meros agentligiga o‘tkazildi.

Qarorda belgilanishicha:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda maslahatchilari lavozimlari tegishliligicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari etib qayta nomlanadi;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlarining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida tegishliligicha turizm va sport bosh boshqarmalarining rahbarlari hisoblanadi;
  • Madaniy meros agentligi direktori, turizm va sport vazirining maslahatchilari (xorijiy maslahatchilardan tashqari) hamda apparat boshqaruvchisi maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlariga ko‘ra turizm va sport vazirining o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi;
  • Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi etib qayta nomlanadi. Bunda, Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisobraqami mablag‘lari Jamg‘armaga to‘liq o‘tkaziladi.

Turizm va sport, Qurilish, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirliklarining 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab moddiy madaniy meros obektlarini konservatsiyalash, restavratsiya qilish, tuzatish, ta'mirlash, ilmiy va ilmiy-texnik tadqiq etish, loyihalash bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va ushbu sohaga yetakchi mutaxassislarni jalb qilish maqsadida:

Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida madaniy meros obektlarini asrash fakultetlarini tashkil qilish;

Buxoro arxitektura va qurilish kollejida Madaniy meros obektlarini asrash yo‘nalishini tashkil qilish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullandi.

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta'minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti etib qayta nomlandi.

Ko‘proq yangiliklar: