Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda fizikaga ixtisoslashgan ilk tayanch maktab faoliyatini boshladi

Tayanch maktablar bilan ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida 1 aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Ulug‘bek shaharchasida fizikaga ixtisoslashgan tayanch maktabining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Prezidentning 2021 yil 19 martdagi «Fizika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan 28ta tayanch va 175ta fizika fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan maktab (sinf)lar tashkil etilishi belgilangan edi, bunday maktablarni respublikaning har bir viloyatida tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Maktab Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda O‘zbekiston Milliy universitetining Fizika fakultetiga biriktirilgan bo‘lib, kelajakda fizik olimlar tomonidan tayanch maktabga aylantiriladi.
Mazkur maktab joriy yilda investitsiya dasturiga ko‘ra yangicha yondashuv va dizayn asosida mukammal ta'mirdan chiqarilgan bo‘lib, loyiha quvvati 1176 o‘ringa mo‘ljallangan 4 qavatli binoni o‘z ichiga oladi.
Maktabda o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratilib, fizika fanidan zamonaviy laboratoriya jihozlari (STEAM laboratoriya) bilan ta'minlangan.
Binoda 45ta o‘quv xonasi, 8ta xorijiy tillar, 2ta axborot texnologiyalari xonasi, 1ta kimyo, biologiya, fizika laboratoriya xonalari, 5ta muhim tashabbus doirasida to‘garak xonalari, 219 o‘rinli faollar zali, 1ta sport zali, 3ta ochiq sport maydoni, 2ta texnologiya xonasi, musiqa xonasi, zamonaviy kutubxona va tibbiyot hamda bolalar tish shifokori xonasi, 128 o‘rinli oshxona, hatto o‘qituvchilar uchun alohida xonalar tayyorlanib, to‘liq jihozlangan.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
UzAuto Motors’ning shartnoma shartlariga o‘zgartirish kiritildi
O‘zbekiston | 12:57
-
Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi
Jamiyat | 12:54
-
Toshkent tumanida mebel korxonasi 1,1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi
Jamiyat | 12:53
Mavzuga oid

14:10 / 20.02.2025
O‘quvchilarni tartibga chaqirgan “zo‘ravon rais” - Qoziroboddagi maktabda o‘zi nima bo‘ldi?

18:06 / 19.02.2025
Noma’lum shaxs Toshkentdagi 71-maktabda «qirg‘in» uyushtirish bilan tahdid qildi

15:15 / 14.02.2025
Har bir tuman va shaharda kamida bittadan inklyuziv maktab tashkil etiladi

14:01 / 13.02.2025