Turkiyada O‘zbekiston fuqarosi kuchli zaharlanish oqibatida vafot etdi 

Jamiyat 14:14 / 30.03.2021 6578

Turkiyada O‘zbekiston fuqarosi kuchli zaharlanish oqibatida vafot etdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Turkiyada 2020 yilning oktyabr oyida shaxsi noma'lum bo‘lgan fuqaro kuchli zaharlanish oqibatida hushini yo‘qotgan. U joriy yilning 23 mart kuni Istanbul shahridagi «Cinar 2 Bakım Merkezi» shifoxonasida vafot etgan.

Migratsiya agentligi ma'lumotiga ko‘ra, olib borilgan ishlar natijasida ushbu shaxs 1992 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi S.M. ekani ma'lum bo‘ldi.

“Mazkur fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritishda befarq bo‘lmaganlarga minnatdorlik va marhumning oila a'zolariga chuqur ta'ziya bildiramiz”, deyiladi xabarda. 

Ko‘proq yangiliklar: