«O‘zstandart» texnik reglament talablariga javob bermagan kolbasa va sosiska mahsulotlari haqida ma'lumot berdi

Jamiyat 13:28 / 30.03.2021 7182

«O‘zstandart» agentligi huzuridagi Departament tomonidan «Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi to‘g‘risida»gi umumiy texnik reglament talablarining bajarilishi yuzasidan tekshiruv ishlari olib borildi, deb xabar bermoqda agentlik matbuot xizmati.

Poytaxt savdo rastasida sotilayotgan Rossiyada ishlab chiqarilgan, «MOS PROD TORG» MChJ tomonidan respublikaga import qilingan «Ostankino-novyy standart» MChJ, «Starodvorskiye kolbasy», shuningdek, «Ostankinskiy myasopererabatyvayushchiy kombinat» tomonidan ishlab chiqarilgan kolbasa va sosiska mahsulotlari oziqlik qimmati (uglevodlar miqdori) to‘liq yoritilmagani, yorlig‘idagi ma'lumotni o‘qish imkoniyati mavjud emasligi va markirovkasi davlat tilida bo‘lmagani aniqlandi.

«MOS PROD TORG» MChJ nomiga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirib bergan sertifikatlashtirish idorasi mas'ul xodimlariga nisbatan ma'muriy choralar ko‘rilgan.

Avvalroq agentlik O‘zbekistonga kirib kelgani taxmin qilinayotgan ba'zi mahsulotlar haqida ma'lumot berib, ulardan foydalanmaslikka chaqirgan edi. Shuningdek, yosh onalarga «qurolli o‘yinchoqlar to‘plami» bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqqan.

Ko‘proq yangiliklar: