Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e'lon qildi. Ushbu almashuv kurslari 30 mart kunidan kuchga kiradi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 15,54 so‘mga pastlab, 10 486,46 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 42,45 so‘mga tushib, 12 347,81 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl kursi esa 0,56 so‘mga pasaygan va 1 rubl 138,07 so‘mni tashkil etgan.