Suvaysh kanalini to‘sib qo‘ygan kemani suvga qaytarishga urinish muvaffaqiyatsiz yakunlandi
Hozirda asosiy e'tibor kemaning chap borti tarafdagi qum va loylarni olib tashlash orqali kanal tubini chuqurlashtirishga qaratilmoqda.

Foto: EPA/Vostock-photo
Suvaysh kanalini to‘sib qo‘ygan Ever Given konteyner tashuvchi kemasini suvga qaytarishga urinish muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bu haqda kema operatori Berhard Shult Shipmanagment (BSS) ma'lum qildi.
«Bugun, 26 mart kuni kemani suvga qaytadan tushirishga urinish muvaffaqiyatsiz yakunlandi», — deyiladi xabarda.
Hozirda asosiy e'tibor kemaning chap borti tarafdagi qum va loylarni olib tashlash orqali kanal tubini chuqurlashtirishga qaratilmoqda.
Bu ishlarda yordam berayotgan Niderlandiyaning SMIT kompaniyasi 28 mart kuni qo‘shimcha yana ikkita shatak kemasi jalb qilinishini bildirdi.
Ulkan kema 23 mart kuni kanalda ko‘ndalang turib qolib, kemalar qatnovini to‘liq to‘xtatib qo‘ygandi. Dastlab kemani yo‘ldan olish bo‘yicha ishlar 2-3 kun davom etishi taxmin qilingandi.
Ammo kemani suvga qaytarish bilan shug‘ullanayotgan Boskalis kompaniyasi bunga haftalar ketishi mumkinligini ma'lum qildi.
Avvalroq Ever Given kemasining Suvaysh kanali orqali harakatlanishni to‘xtatib qo‘yishi jahon savdosiga soatiga 400 mln dollarga tushayotganligi aytilgandi.
Mavzuga oid

23:06 / 11.02.2025
Germaniyada noma’lum shaxslar yangi harbiy kema dvigateliga metall qirindilarini sepib ketdi

21:40 / 08.01.2025
Misr Suvaysh kanalining yangi tarmog‘ini sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

20:00 / 27.12.2024
Xitoy dunyodagi eng katta desant kemasini suvga tushirdi

10:30 / 26.12.2024