Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tish uchun pasport so‘ralishi mumkin

Foto: Yevgeniy Pavlenko / Kommersant'
Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalarni nazorat qilish bo‘yicha federal xizmat («Roskomnadzor») shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash mexanizmi doirasida ijtimoiy tarmoq va messenjerlarning yangi foydalanuvchilaridan pasport nomeri, telefon raqami va elektron pochtasi so‘rashi mumkin. Bu haqda «Kommersant'» nashri xabar bermoqda.
«Roskomnadzor» loyihasida yagona informatsion tizimning shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash mexanizmlari tushuntirilgan. 1 iyuldan boshlab ma'lumotlar operator (ijtimoiy tarmoq yoki messenjer) rozilik to‘plashni tashkillashtirishi kerak. Foydalanuvchilar ma'lumotni ijtimoiy tarmoq platformasi yoki «Roskomnadzor» tizimi orqali taqdim qilishni tanlashlari kerak. Ikkinchi variant tanlanganda ma'lumotlar davlat xizmatlari portali orqali tasdiqlanadi va bunda pasport raqami va boshqa ma'lumotlar kiritilishi shart.
Bu talablarga rioya qilmagan ijtimoiy tarmoqlarga 100 ming rublgacha jarima solinishi mumkin. Loyiha «Shaxsiy ma'lumotlar haqida»gi qonunga o‘zgartishlar kiritish doirasida tayyorlanmoqda. O‘zgartirishlar qisman mart oyidan boshlab amal qila boshlaydi.
10 mart kuni Rossiya axborot agentliklari «Biometriya» mobil ilovasi ishga tushirilishi va u foydalanuvchilar unga o‘z biometrik ma'lumotlarini kiritib, turli xizmatlardan elektron shaklda foydalanish imkoniga ega bo‘lishini ma'lum qilgandi. O‘z navbatida, «Kommersant'» bir necha manbalarga tayangan holda hukumat biometrik ma'lumotlarini taqdim qilmagan rossiyaliklarni ayrim davlat xizmatlaridan masofadan turib foydalanishdan mahrum qilmoqchi ekanini yozgandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Surxondaryoda bo‘g‘ma va kobra ilonlar tabiatga qo‘yib yuborildi
Jamiyat | 10:08
-
YeIning yangi sanksiyalari Rossiya nefti narxini 15 foizga tushirishi mumkin
Jahon | 10:03
-
YeI kengashi Rossiyaga qarshi 18-sanksiya paketini qabul qila olmadi
Jahon | 09:51
-
Bakalavriat uchun turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati tasdiqlandi
O‘zbekiston | 09:37
Mavzuga oid

09:33 / 20.12.2024
Roskomnadzor «YouTubeʼga qarshi choralar uchun asoslar»ni e’lon qildi

21:03 / 26.08.2024
Rossiya propagandasi Durov qo‘lga olinishini so‘z erkinligiga bosim deb atamoqda. Kremlning o‘zi yaqinda Telegram’ni bo‘ysundirishga uringandi

10:37 / 10.08.2024
Putin blogerlarga Roskomnadzorga o‘zi haqida xabar berish majburiyatini yukladi

08:01 / 30.07.2024