Pasport nusxasi, 3x4 surat va boshqalar: davlat organlari endi so‘ramaydigan 18 ta hujjat (ro‘yxat)
Prezident farmoniga asosan, davlat organlari tomonidan 18 turdagi ma'lumot va hujjatlarning aholi va tadbirkorlardan talab etilishi bekor qilindi.

Foto: KUN.UZ
450 dan ortiq qonun hujjatida belgilangan ushbu 18 turdagi hujjatlarni vakolatli davlat organlari «Elektron hukumat» platformasi orqali oladigan bo‘ldi.
Ushbu hujjatlarlar quyidagilar:
- shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
- shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati;
- kadastr hujjatlari va ularning nusxalari;
- mehnat daftarchalari va ularning nusxalari;
- tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining ma'lumotnomalari;
- ish haqi va ish stajini tasdiqlovchi arxiv ma'lumotlari;*
- oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlovchi arxiv ma'lumotnomalari.*
* Fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonida ushbu hujjatni «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali olish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda so‘rash bundan mustasno.
Quyidagi faktlarni tasdiqlovchi hujjatlar:
- ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turish-turmasligi;
- narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turish-turmasligi;
- sudlanganlik;
- manzil-ma'lumot axboroti;
- fuqaroning nomida shaxsiy uy-joy bor-yo‘qligi;
- turar joyning maydoni;
- soliq qarzi bor-yo‘qligi;
- soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilgani;
- pensiya va nafaqa miqdori;
- pensiya yoki nafaqa oluvchilar ro‘yxatida bor-yo‘qligi;
- nikoh qayd etilgani, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralgani.
Prezident farmoni bilan joriy etilgan yangilik orqali aholining idorama-idora sarson bo‘lib yurishining oldi olinadi.
Ushbu farmonga doir boshqa yangiliklar:
Mavzuga oid

12:59 / 11.01.2025
«Eng kuchli» pasportlar reytingi. Singapur yetakchi, O‘zbekiston 80-o‘rinda

17:33 / 07.12.2024
Kipr Putinning sobiq kursdoshiga berilgan «oltin pasport»ni olib qo‘ymadi

17:27 / 26.11.2024
Qozog‘iston pasporti Markaziy Osiyoda eng kuchli deb topildi

18:21 / 13.08.2024