Orbitaga fazoviy chiqindilarni yig‘uvchi magnit-qurilma chiqarildi

Fan-texnika 23:29 / 23.03.2021 18830

Techtoday nashrining ta'kidlashicha, ELSA-d tajribaviy qurilma bo‘lib, hozircha to‘liq hajmda ishlamaydi. Sun'iy yo‘ldoshning og‘irligi 200 kgni tashkil qiladi. U chiqindilarni yig‘ib olgach, Yer atmosferasiga kirib yonib ketadi. Bunda olingan barcha ma'lumotlar shu turdagi qurilmalarni ishlab chiqish uchun qo‘llanadi.

Magnit ikkita blok - asosiy modul va fazoviy chiqindi maketidan iborat. Asosiy blok og‘irligi 180 kg, maket og‘irligi 20 kg keladi. Sun'iy yo‘ldosh sinov rejimida fazoviy chiqindini bir necha marta o‘ziga tortib olishi kerak bo‘ladi. Shu tariqa qurilma sinovdan o‘tkaziladi.

“Fazoviy qurilmalar guruhlari davri boshlanmoqda. Ulardan ba'zilari buzilib qolishi va Yerga qaytishi, boshqalari esa fazoda qolib, boshqa qurilmalarga to‘qnash kelishi mumkin. Bundan tashqari, ular fazoviy chiqindilar qatorini to‘ldirib, Yer aholisiga katta xavf solishi mumkin”, deb aytgan Astroscale’ning Britaniyadagi filiali ijrochi direktori Jon Obern.

Magnitning keyingi sinov parvozi 2023 yilga belgilangan. 

Fazoviy chiqindilar sun'iy yo‘ldoshlarga urilish va ularni ishdan chiqarish bilan xavf soladi. Ayni vaqtda Yer atrofida 170 mlntaga yaqin turli hajmdagi chiqindi aylanib yuradi.

Yevropa koinot agentligining baholashicha, Yerga yaqin orbitada 9 ming tonnadan ko‘proq yoki 34 mingta fazoviy chiqindi bor. Bundan tashqari, orbitada uzunligi 15 smdan kichikroq 130 mingta obekt mavjud.

Ko‘proq yangiliklar: