Rossiyalik fazogir tarixda birinchi bo‘lib orbitadan turib ovoz berdi

Jahon 00:14 / 01.07.2020 8178

Rossiyalik fazogir, Xalqaro koinot stansiyasining 63-ekspeditsiyasi bortmuhandisi Anatoliy Ivanishin orbitadan turib ovoz bergan dunyodagi birinchi inson bo‘ldi.

Ivanishin XKSdan turib Rossiya konstitutsiyasiga tuzatmalar bo‘yicha elektron ovoz berishda onlayn ishtirok etdi. Fazogir moskvalik bo‘lgani sababli, maxsus http://2020og.ru saytida masofadan turib ovoz berishga to‘liq huquqqa ega bo‘lgan. 

XKSda bo‘lgan Roskosmosning yana bir fazogiri Ivan Vagner esa 1 iyulda ovoz beradi. U ovoz berishni Parvozlarni boshqarish markazidagi ishonchli vakili orqali amalga oshiradi. Fazogir o‘z qarorini yopiq aloqa kanali orqali bildiradi, ishonchli vakil esa uni byulletenda qayd qiladi.

Rossiyada konstitutsiyaga tuzatmalar kiritish bo‘yicha umummilliy ovoz berish 25 iyundan 1 iyulgacha bo‘lib o‘tadi. Uning natijalari 1 iyulda e'lon qilinadi. 25 iyundan 30 iyungacha Moskva va Nijniy Novgorod shaharlarida elektron onlayn-ovoz berish amal qilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: