Nurmat Otabekov: «Koronavirusga chalinish ko‘rsatkichi ortmoqda. Kasallik aniqlanganlarning aksariyati bemorlar bilan bevosita muloqotda bo‘lgan»
O‘zbekistonda koronavirusga chalinish ko‘rsatkichi ortib bormoqda. Bu haqda 19 mart kuni AOKAda o‘tkazilgan SOVID-19 bilan bog‘liq bugungi vaziyat, vaksinatsiya jarayonlariga tayyorgarlik mavzusidagi brifingda koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Nurmat Otabekov ma'lum qildi.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Nurmat Otabekovning ta'kidlashicha, koronavirusga chalinish ko‘rsatkichi mamlakatda sekin-asta ortib bormoqda. Oxirgi 3 oy davomida kasallik qayd etilish darajasi har yuz ming aholiga 0,2 ko‘rsatkichda bo‘lgan bo‘lsa, oxirgi 3-4 kun mobaynida bu ko‘rsatkich 0,4 ko‘tarildi. Kasallik aniqlanganlarning aksariyati bemorlar bilan bevosita muloqotda bo‘lish orqali kasallikni yuqtirgani ma'lum bo‘lgan.
“O‘zbekistonda aholini emlash jarayoni boshlanmoqda. Vaksinatsiyada birinchi bo‘lib 65 yoshdan katta yoshdagilar emlanadi. Ulardan keyin tibbiyot xodimlari emlanadi. Soha xodimlari bevosita bemorlar bilan muloqotda bo‘lishidan kelib chiqqan holda, maxsus shifoxonalar tibbiyot xodimlari, tez tibbiy yordam xodimlari, yuqumli kasalliklar shifoxonalari xodimlari emlanadi. Emlash jarayoni xuddi shunday ketma-ketlikda amalga oshiriladi”, - dedi shtab a'zosi.
“Hozirda COVAX dasturi doirasida vaksinalarning muayyan qismi yetib keldi. Vaksinalar bilan aholini emlash uchun barcha tayyorgarlikni ko‘rib qo‘yganmiz. Mahalliy hududlarda mutaxassislardan iborat shtablar tashkil etilgan”, - deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Avvalroq, Toshkentda bir kunda 99 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid

17:46 / 27.02.2025
SSV: Mavsumiy respirator kasalliklar tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqaror

17:37 / 31.01.2025
“Bu ma’lumotni berib borishimiz kerak” – Nurmat Otabekov havo ifloslanishidan erta ogohlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish haqida

18:52 / 19.09.2024
Koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda aniqlanmadi - SSV

16:06 / 07.06.2024