BioNTech/Pfizer vaksinasi mualliflari Germaniya hukumatining eng oliy mukofotiga sazovor bo‘lishdi

Jahon 17:48 / 19.03.2021 4245

«Ug‘ur Shahin va O‘zlem Tureji atoqli olimlar va jasur tadbirkorlardir», dedi Shtaynmayyer Berlindagi Belvyu saroyida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda. «Sizlarning inqilobiy ixtirolaringiz insoniyat hayotini qutqaradi, odamlarni xonavayron bo‘lishdan saqlaydi, jamiyatni, iqtisodni, madaniyatni hayotga qaytaradi», deya ta'kidlagan GFR prezidenti.

2020 yilning 9 noyabrida BioNTech va uning amerikalik hamkori Pfizer bir necha oylik klinik sinovlarga tayanib o‘zlarining 90 foiz samaradorlikka ega preparatlarini e'lon qilishdi. Yil oxiriga kelib preparat AQSh, Buyuk Britaniya, Yevroittifoq va boshqa davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Hozirda bu vaksina turdosh preparatlar ichida eng yaxshisi bo‘lib turibdi.

Ko‘proq yangiliklar: