Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Bugungi davrda matbuot – nafaqat ko‘zgu, balki mudofaa, xavfsizlik darajasidagi institutdir” - Komil Allamjonov
PA Axborot siyosati departamenti rahbari o‘zini jurnalist yo blogerman degan ayrim shaxslarning turli noqonuniy harakatlariga to‘xtalib, erkin matbuotni huquqiy maydonga olib chiqish, muammolar sudlarda hal bo‘lishiga erishish zarurligini ta’kidladi. “O‘yin qoidasi aniq-ravshan va hamma uchun teng bo‘lsagina, rivojlanish bo‘ladi. So‘z erkinligi – bu barchaning huquqi: matbuotning ham, unda aks ettirilayotgan shaxslarning ham. Shu muvozanatni ushlash muhim”, – dedi u.

Foto: Komil Allamjonov / Telegram
Prezident administratsiyasining Axborot siyosati departamenti rahbari Komil Allamjonov 10 may kuni nodavlat telekanallar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda u o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“So‘z erkinligi, milliy kontent va bolalar uchun sifatli media mahsulotlarni yaratish masalalarini muhokama qildik. Shu o‘rinda Prezidentimizning matbuot va so‘z erkinligi borasidagi pozitsiyalari juda qat’iyligi, ochiqlik siyosatisiz taraqqiyotga erishish qiyinligi yana bir bor ta’kidlandi.
Albatta, muammolar ko‘p. Matbuot erkinligi yuzasidan reytinglarimizda o‘zgarish bor. Lekin biz bugun erkin matbuotni huquqiy maydonga olib chiqmas ekanmiz, muammolar sudlarda hal bo‘lishiga erishmas ekanmiz, taraqqiyot o‘rniga xaos paydo bo‘lishi, jurnalist yoki blogerman deb turli noqonuniy harakatlar, shantaj, firibgarlik holatlariga yo‘l qo‘yilishi natijasida jabr ko‘rgan fuqarolar soni ortib ketishiga sababchi bo‘lamiz. Afsuski, bunday holatlar bo‘ldi. Reyting tuzilishida shu kabi hodisalar ham ta’sir qildi deb o‘ylayman.
Rivojlanish hech qachon silliq bo‘lmaydi. O‘yin qoidasi aniq-ravshan va hamma uchun teng bo‘lsagina, rivojlanish bo‘ladi. So‘z erkinligi – bu barchaning huquqi: matbuotning ham, unda aks ettirilayotgan shaxslarning ham. Shu muvozanatni ushlash muhim. Demak, ortga yo‘l yo‘q – bu aniq. Faqat oldinga. Oldinga – huquq, me’yor va qonun doirasida, oldinga.
Hali yana ko‘p muammolar bo‘lishi mumkin va bu tabiiy. Lekin bu muammolar biz boshlagan islohotlarga soya solmasligi kerak. Chunki bugungi davrda matbuot – nafaqat ko‘zgu, balki mudofaa, xavfsizlik masala darajasidagi institutdir”, – deya yozdi Komil Allamjonov.
Eslatib o‘tamiz, “Chegara bilmas muxbirlar” nodavlat tashkiloti o‘tgan hafta e’lon qilgan Matbuot erkinligi indeksida O‘zbekiston o‘tgan yilga nisbatan 11 pog‘onaga pastlab, 148-o‘ringa tushgan edi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Interpol firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini Litvada qo‘lga oldi
Jamiyat | 23:47 / 08.07.2025
-
O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish tartibi bekor qilinadi, xorijdan qaytgan fuqarolar majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:35 / 08.07.2025
-
AQSh import bojlaridan keladigan daromad 300 mlrd dollardan oshishini kutmoqda
Jahon | 23:23 / 08.07.2025
-
Jazirama ortda qoldi. Oldinda – mo‘tadil yoz
Jamiyat | 23:03 / 08.07.2025
Mavzuga oid

18:39 / 27.06.2025
Davlat idoralarining omma bilan normal muloqot qilish tajribasi yo‘q - media olami vakillari bilan suhbat

09:51 / 26.06.2025
Qonunchilik palatasida muxolifatning kafolatli huquqlari kengaymoqda

22:06 / 23.06.2025
Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining yangi rahbari Saida Mirziyoyevaga jamoatchilik asosida mustaqil maslahatchi sifatida tayinlandi

20:15 / 12.06.2025